Botspace.uz — kod yozmasdan Telegram bot yaratish platformasi
BotspaceGoDjangoStartup
Muammo
Telegram botlar O'zbekistonda biznes uchun asosiy kanalga aylandi — buyurtma qabul qilish, mijozlar bilan muloqot, to'lovlar. Lekin har bir bot uchun dasturchi yollash kichik biznesga qimmat. Shu muammoni yechish uchun Botspace.uz'ni asos soldim: kod yozmasdan, vizual konstruktor va AI yordamida to'liq ishlaydigan Telegram bot yaratish platformasi.
Arxitektura
Platforma 6 ta mikroservisdan iborat, asosiy qismlar Go va Django'da yozilgan:
- Flow engine (Go) — botning suhbat mantig'ini bajaradi. Har bir foydalanuvchi xabari graf bo'ylab harakatlanadi: trigger → shart → javob.
- Constructor API (Django) — vizual drag & drop editor uchun backend, flow'larni saqlash va versiyalash.
- AI generation servisi — foydalanuvchi "menga do'kon boti kerak" deb yozadi, AI tayyor flow generatsiya qiladi.
- Statistika servisi — real-time foydalanuvchi statistikasi va xabarlar monitoringi.
Telegram → Webhook gateway → Flow engine (Go)
|
Constructor (Django) ─┴─ Statistika
Nimalarni o'rgandim
- Go flow engine uchun to'g'ri tanlov — minglab bot bir vaqtda ishlaganda goroutine'lar arzon va bashorat qilinadigan.
- Mikroservisni erta bo'lish xavfli — biz 6 ta servisga ehtiyoj aniq bo'lgandagina bo'ldik, boshida monolit edi.
- AI generatsiya — killer feature — foydalanuvchilarning katta qismi botni noldan emas, AI generatsiyasidan boshlaydi.
Platforma hozir jonli: botspace.uz